Bugun, 20-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazining yangi binosi hamda Axborot-resurs markazida tashkil etilgan Pekin-Urganch matematika markazining tantanali ochilish marosimi o’tkazildi. Ushbu tadbirda universitet rahbariyati, taniqli olimlar, talabalar, xorijiy mehmonlar hamda hududiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.