Bugun “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Tabiiy va qishloq xo‘jaligi hamda Kimyoviy texnologiyalar fakultetlarida universitet Axborot-resurs markazi xodimlari bilan hamkorlikda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.


Tadbirda talabalarga darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyotiga mansub badiiy kitoblar namoyish qilindi. Ko‘rgazma davomida fakultet talaba-yoshlari o‘zlari o‘qigan asarlar haqida fikr almashishdi.Ushbu ko‘rgazma kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va talabalarning intellektual salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.