Texnika fakultetida Axborot-resurs markazi xodimlari N. Jumaniyazova va F. Duschanova tashabbusi bilan “Bahor keldi seni so‘roqlab” mavzusida badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda Filologiya va san’at fakulteti o‘qituvchisi A.Xudoyberganov hamda Texnika fakulteti o‘qituvchisi I. Raximova mehmon sifatida ishtirok etdilar. Tadbir davomida shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib, u haqidagi fikr-mulohazalar almashildi. Ishtirokchilar Zulfiya ijodining go‘zallik, mehr, sadoqat va Vatanga bo‘lgan muhabbatni tarannum etishini ta’kidlab o‘tishdi.