Buyuk davlat arbobi, shoir va tarixchi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning Axborot-resurs markazi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi va “Boburnoma – tarixiy manba va adabiy durdona” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirni fakultet dekani prof. I.Abdullayev ochib berib, Zahiriddin Muhammad Boburning nafaqat buyuk sarkarda va davlat rahbari, balki mohir shoir, iste’dodli tarixchi va ilm-ma’rifat homiysi sifatidagi o‘rnini ta’kidlab o‘tdi. “Boburnoma” asarining jahon tarixshunosligi o‘rni, uning beqiyos ilmiy va adabiy ahamiyati haqida fikr bildirdi.