Bugun 5-fevral kuni "Koreya madaniyati" haftaligi doirasida Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi fondida mavjud koreys tilidagi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil qilindi.


Ko‘rgazmada talabalar bilan bir qatorda Koreys tili markazi xodimlari ham ishtirok etdi. Koʻrgazmadan joy olgan adabiyotlarning barchasi Koreys tili ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayonida foydalanishlari uchun mo‘ljallangan boʻlib, bular o‘quv adabiyotlar, badiiy adabiyotlar hamda Koreya madaniyatiga oid adabiyotlar sanaladi. Mazkur koʻrgazma ayni paytda universitetimizda mehmon boʻlib turgan Koreyaning Soon Chun Hyang universiteti talabalarining ham diqqatini tortdi.