Bugun 19-dekabr kuni, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tyutori N.Ramazanova hamkorlikda "Hayot-bebaho ne'mat" mavzusi bo'yicha davra suhbati o'tkazdilar.


UrDU Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tyutori N.Ramazanova Ilmiy-uslubiy va axborot ma'lumot bo'limi mudiri Muhabbat Bakiyeva, ARM 1-toifali bibliografi M. Yuldosheva, uslubchi mutaxassis O. Atajanovalar bilan hamkorlikda 231-bank ishi talabalari ishtirokida "Hayot-bebaho ne'mat"  mavzusi bo'yicha davra suhbati o'tkazdilar. Suhbat davomida inson uchun berilgan ne'matlar ichida eng qiymatlisi bu hayot ne'matidir. Vaqt ortga qaytmaydigan daqiqalardan iborat ekani, undan unumli foydalanish kerakligi haqida ma'lumotlar berildi. Tadbir so'ngida talaba yoshlar ham hayotni bebaho ekanligini o'zida mujassam etgan hikmatli so'zlar, maqollar aytishdi va o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.