Bugun, 16-dekabr kuni tariximizning boy ma'naviy merosini, ajdodlarimiz qoldirgan ulug' kashfiyotlar va dunyo tan olgan ixtirolarni talabalar o'rganishi va mutolaa qilishlari uchun Jumaboy Raximovning "Mirzo Ulug'bek koinotga talpingan hukmdor", "Amir Temur buyuk davlat arbobi va ulug' sarkarda", "Buyuk davlat arbobi, ulug' sarkarda va qomusiy olim", "Jaloliddin Manguberdi — mardlik va jasorat timsoli" kabi kitoblari 56 nusxada Axborot resurs-markaziga xarid qilindi. Ayni paytda universitet ARM markazida yangi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etilgan. Hurmatli talaba-yoshlar, imkoniyatdan foydalangan holda kitoblarni borib ko'rishingiz mumkin.