Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-fevral kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida va viloyat faollari bilan uchrashuvidagi topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan universitetda tahsil olayotgan koʻzi ojiz hamda zaif koʻruvchi talabalar uchun turli ixtisosliklar va yoʻnalishlar boʻyicha 9 nomdagi 49 ta oʻquv adabiyotlar va Brayl yozuvidagi 8 nomdagi 70 ta darslik Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markaziga taqdim qilindi.