Uchrashuvda ARM direktor o'rinbosari A.Rahimov, birinchi toifali kutubxonachi M.Bobodjonova D.Allaberganovalar mehmon sifatida ishtirok qilib, talabalarga yangi nashrdan chiqqan adabiyotlar hamda universitet bazasiga olib kelingan yangi badiiy asarlar to'g'risida ma'lumot berishdi. Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilishga xizmat qiladi.