O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti tyutorlari hamda fakultet ARM xodimi tomonidan “Muqaddasdir Vatan bayrog'i” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Unda mas'ullar or-nomusimiz, g‘ururimiz, millatimiz faxri bo‘lmish bayrog‘imiz 33 yildirki, O‘zbekistonni butun dunyo maydonlarida, jahon arenalarida kuch-qudratini namoyon etib hilpirayotgani, bayrog‘imiz chinakam ma‘noda, xalqimizning asriy madaniyati, urf-odatlari va pok islom dinining umuminsoniy g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan qudrat ramzi ekanligi haqida so'z yuritdilar.