Bugun, 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan universitet 5-sonli TTJ kutubxonasida ARM xodimlari tomonidan tadbir o’tkazildi.


Unda ARM xodimlari D.Xo’jayeva, R.Otajonova, Q.Ro’zmetovalar, Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Q.Otaboyeva, fakultet tyutorlari ishtirok etib, talabalar bilan davlat bayrogʻining tarixiy ahamiyati, bayroq har bir xalqning, millatning gʻurur va iftixori ekanligini borasida suhbat olib borishdi. Davra suhbatida talabalar o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzi bo‘lgan Davlatimiz bayrog‘i haqidagi o’z bilimlarini yana bir bora mustahkamladi.