Davra suhbatida fakultet tyutorlari hamda ARM xodimlari talabalar bilan suhbat olib borib, davlat bayrogʻining tarixiy ahamiyati, bayroq har bir xalqning, millatning gʻurur va iftixori ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, fakultetning 222-Ekologiya yo'nalishi talabalari ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat va "Zakovat" intellektual o'ylarini bo’yicha musobaqalar o‘tkazildi. Unda guruhning barcha talaba-yoshlari faol ishtirok etib, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishdi.