Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti tyutorlari hamda 2-bosqich 232-guruh Kimyo va 231- guruh Biotexnologiya yo’nalishi talabalari bilan fakultet ARM xodimi X.Masharipova ishtirokida “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Suhbat chog’ida ARM xodimi talabalarga kitob insonning tafakkurini charxlovchi noyob qurol ekanligi haqida ma’lumot berdi. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson kop narsalarga o'zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do’st, hamroh, dono maslahatchi bo’lib kelgan. Ba'zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o'zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin.