Axborot resurs markazida zalida universitetning 2-kurs magistrantlar uchun ProQuest dissertatsiyalar va maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish bo'yicha seminar trening tashkil qilindi.


Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilash ishlash boʻlim mudiri F.Urunova tomonidan oʻtkazildi. ProQuest Dissertations & Theses Global – dunyoning eng yirik toʻliq matnli dissertatsiyalar onlayn bazasidir. Ushbu baza 4 mingdan ortiq universitetardan 5 millionga yaqin ilmiy ishlarni oʻz ichiga olgan. 200 mingdan ortiq ishlar hamkor universitetlarning doimiy kengayib borayotgan global tarmogʻi tufayli har yili qoʻshiladi. Soʻnggi bir necha yil ichida 80 ta Xitoy universitetlaridan 150 ming dissertatsiyalar, shuningdek, Yevropa va Buyuk Britaniya (Valensiya universiteti, Lester universiteti, Aberdin universiteti, Kardiff universiteti, London universiteti kolleji), Hindiston (Javaharlal Neru universiteti, Gujarat universiteti) oliy oʻquv yurtlarining ilk bor raqamlashtirilgan dissertatsiyalari qoʻshilgan.