Bugun, 11-noyabr kuni Fizika-matematika fakultetida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida Mahmud Toirning “Yangi she’rlar”i asosida mushoira tashkil qilindi.


Ilmiy uslubiyat bo'limi mudiri M.Bakiyeva va fakultet kutubxonachisi  M.Bobojanovalar ishtirok etib, mazkur toʼplamda Oʼzbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning keyingi yillarda yozgan eng yangi sheʼrlari jamlanligi, asosan, Vatanga, ayolga, farzandga va hayotga muhabbat tarannum etilganligi haqida so’z yuritishdi.