Jumladan, bugun doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun akademik platforma xususan, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi dissertatsiya bazasi diss.natlib.uz saytidan ro'yxatdan o'tish va undan samarali foydalanish qoidalari yuzasidan seminar-trening mashg'uloti o'tkazildi. Mashg’ulot davomida Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo’limi boshlig’i F.Urunova tomonidan diss.natlib.uz saytidan foydalanish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.