Bugun, 30-sentabr kunida ARM xodimlari tomonidan "1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir davomida yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi. Bayram tadbirining badiiy qismida UrDU iqtidorli talabalari tomonidan badiiy chiqishlar qilinib, bir-biridan ajoyib kuy-qo'shiqlar va turli sahna ko'rinishlari ijro etildi.