Joriy yilning 9-13 sentabr kunlari Urganch davlat universitetida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-sentabrdagi 01/15-368-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida "Kitob va mutolaa" haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Haftalik davomida 1-kurs talabalarini oliygoh kutubxonalari bilan tanishtirish, kutubxonaga a'zo qilish hamda u yerda o'tkaziladigan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yuzasidan ma’lumot berish uchun uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Uchrashuvlarda ARM xodimlari tomonidan talabalarga o’quv va kompyuter zallari, mavjud kitoblar bazasi hamda kutubxonada imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berib borishmoqda.