Muzey direktori tomonidan Ozarbayjon tarixiga mansub qadimiy va noyob adabiyotlar, 16-asrga tegishli eski qo'lyozmalarning arab tilidagi asl nusxalari, ko'plab tillarga oid bo'lgan yagona nusxali kitoblar, siyosiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, mustaqillik yillarigacha bo'lgan davrga oid voqealarni aks ettiruvchi suratlar galeriyasi va muzeyiga sayohat qilindi. Ma'lumot o'rnida, mazkur kutubxonada o'zbek adabiyotining yirik namoyondalari qalamiga mansub asarlar va 300 ga yaqin o'zbek tiliga oid adabiyotlar mavjud.