Urganch davlat pedagogika institutida 21-may — "Kutubxonachilar kuni" munosabati bilan “Axborot-resurs markazlari: faoliyat, samaradorlik va kelgusidagi vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi


Seminar doirasida ishtirokchilar ko‘rkam va sokin “Jadidlar bog‘i” va u yerda tashkil qilingan kichik kutubxonalar bilan yaqindan tanishdilar. Urganch davlat universiteti xodimlari ishtirok etdilar va seminar ikkala oliy ta'lim muassasi xodimlari uchun ham sohadagi yangiliklar, tizimda yangi axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturlarni qo‘llash amaliyoti kabi masalalar yuzasidan tajriba almashish imkonini berdi. Ilmiy-amaliy seminar yakunida kun tartibi doirasida soha xodimlarining jamoada ishlash, qiyin vaziyatlarda muammolarga to‘g‘ri yechim topish, sevimli kasbidan bahra olish, yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida Urganch davlat instituti psixologi tomonidan psixologik treninglar ham o‘tkazildi.