Kutubxona-inson ichki olami ruhiyatining eng katta xazinasidir. Kutubxonalar azaldan ilm-fan markazi sifatida mashhur bo’lgan. Bugungi kunda raqamlashtirilgan asrda, texnologiya jadal rivojlanib borayotgan vaqtda yashasak-da kitoblarga bo'lgan ehtiyoj o’z ma’nosini yo’qotmagan. Kutubxonalar va u yerda faoliyat yurituvchi xodimlarga avvalgidan-da ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Shu sababdan, har yili 21-may – "Kutubxonachilar kuni" sifatida O'zbekiston bo'ylab yuqori kayfiyatda nishonlanib kelinadi. Ushbu munosabat bilan bugun mazkur sana Urganch davlat universitetida ham alohida e’tibor bilan nishonlandi. Ushbu kasb egalarini, o’z ishiga e’tibor bilan yondashib, faoliyat yuritib kelayotgan barcha malakali xodimlarni UrDU rektori B.Abdullayev, o’quv ishlari bo’yicha prorektor S.Xodjaniyozov hamda Axborot resurs markazi direktori X.Siddiqovlar bayramona tabriklab, tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlashdi