Urganch davlat universitetida qad roslayotgan yangi Axborot resurs markazi binosini zamonaviy va qulay qilib jihozlash borasidagi tajribalarini orttirish maqsadida xodimlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutlarida bo'lib, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy elektron axborot tizimlari, xorijiy adabiyotlardan foydalanish bazalari, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.