Bugun, 7-may kuni Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan "M‘arifat ulashib" loyihasi doirasida kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.


Ko'rgazmadan oʻrin olgan adabiyotlar ichida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari, shoira Gavhar Ibodullayeva hamda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, taniqli yozuvchi va shoirlar Davron Rajab, Muhabbat Safoyevalar tomonidan yozilgan she'riy to'plamlari ham mavjudligini alohida qayd etishimiz lozim.