Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya yo’nalishi talabalari hamda Axborot resurs markazi xodimlari bilan hamkorlida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab "Muhammad Yusuf el sevgan shoir" mavzusida badiiy kecha tashkil etishdi. Tadbirda talabalar tomonidan sahna ko’rinishlari namoyish etilib, shoir qalamiga mansub she’r va qo’shiqlar ijro etildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu tadbirda talabalar shoir hayoti va ijodini yana bir karra esga olishdi.