Bugun Urganch davlat universiteti Axborot resurs markazida Fizika-matematika hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetlari talabalari ishtirokida davlat stipendialari sovrindorlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda kutubxona direktori X.Siddiqov boshchiligida 2023-2024 – o’quv yillarida nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo’lgan talabalar A.Saparboyeva, M.Shomurodov hamda G.Qurbonovalar ishtirok etishdi. Suhbat davomida stipendiatlar o’qish davri davomida erishgan o’z yutuqlari to'g'risida gapirib, o'z tengdoshlarini ham yanada ko'proq bilim olishga undashdi. Shuningdek, ilmiy rahbarlari bilan birgalikda olib borayotgan tadqiqotlari xususida so'zlab berishdi.