Bugun, 18-aprel kuni Axborot-resurs markazida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faollari bilan hamkorlikda kutubxonadagi jismoniy eskirgan kitoblarni restavratsiya qilish ishlari boshlandi.


Ma’naviy boyligimiz bo’lgan ushbu kitoblarni qayta tuzatish va ta'mirlashdan asosiy maqsad ulardan yanada ko’proq foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish va ularni asrab-avaylashdan iborat. Mazkur xayrli aksiya universitetimizda bir hafta mobaynida davom etadi.