Bugun Axborot-resurs markazi kompyuter zalida “Ilhom” mukofoti tanloviga ariza topshirgan talabalar ishtirokida tanlovning universitet bosqichi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.


Test savollari milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi 50 ta savoldan iborat bo’ldi.