Axborot-resurs markazida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab, Arxitektura yo‘nalishi 221-gurux talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.


Davra suhbatida Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti falsafa fanlar doktori  dos.  I.A.Nurmetov Texnika fakulteti ta'lim tarbiya maslaxatchisi T.M.Djumaniyazov va Axborot-resurs markazi xodimlari qatnashdilar. Amir Temur — dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk shaxs, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk sarkarda.