Bugun, 4-aprel kuni Urganch davlat universiteti Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmada Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro (OMOUS - 2024) ochiq matematika fan olimpiadasida oltin va kumush medallarini qo’lga kiritgan talabalar hamda ularning ilmiy rahbari “Matematik tahlil” kafedrasi dotsenti J.Abdullayev ishtirok etdi. Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Fizika-matematika fakulteti talaba-yoshlariga ko‘proq kitob mutolaa qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish tavsiya qilindi.