Bugun, 8-aprel kuni Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyatining ko’zgusi” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.


O’zbek filologiyasi fakulteti ARM xodimi N.Jumaniyozava tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda O’zbek filologiyasi va Texnika fakulteti professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlari, ARM xodimlari hamda yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida kitob mutolaa qilishning yoshlar hayotidagi o’rni, ma’naviy kamolotga erishish va yaxshi kasb egasi bo’lishda kitob bilan do’st bo’lishning ahamiyati to’g’risida so’z yuritilib, kitob insonlarda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini oshirishi, mehr-oqibat va ezgulikka chorlashi ta’kidlandi.