Bugun 2-mart kuni Axborot-resurs markazida “Zulfiyaxonim izdoshlari” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o'tkazildi


Bugun, 2-mart kuni Urganch davlat universitetida Xorijiy filologiya fakulteti hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida Fransuz tili yo’nalishi talabalari ishtirokida “Zulfiyaxonim izdoshlari” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda fakultetning bir guruh iqtidorli zukko talaba-qizlari ishtirok etib, turli shartlar asosida o’zaro bellashdilar. Unda Zulfiyaxonim hayot yo’li, o’zbek adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi va ijodiy asarlari yana bir karra esga olinib, talaba-qizlar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar o’qildi va musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga universitet tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.