Bugun 13-fevral kuni Texnika fakulteti tyutor va talabalari hamda Axborot- resurs markazi xodimlari hamkorligida shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan adabiy- badiiy kecha tashkil qilindi.
Tadbirlarda buyuk mutafakkirning hayot yo’li va uning asarlarida namoyon bo’lgan komil inson tushunchasining mohiyati yana bir karra esga olinib, ulug’ shoirning ijod namunalari, g’azallaridan parchalar va shoirni madh etuvchi she`rlar o’qildi.