9- fevral buyuk bobokolonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi , so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Axborot- resurs markazi xodimlari tomonidan davra suhbatlari va ko'rgazmalar tashkil qilindi.


Tadbirlarda buyuk mutafakkirning hayot yo’li va uning asarlarida namoyon bo’lgan komil inson tushunchasining mohiyati yana bir karra esga olinib, ulug’ shoirning ijod namunalari, g’azallaridan parchalar va shoirni madh etuvchi sherlar o’qilmoqda.  Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. “Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. “Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.