Bugun, 5-dekabr kuni Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Axborot-resurs markazida “8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan konstitutsiyaviy huquq sohasiga oid kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Unda Prezidentimiz asarlari va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi kitobi ham joy oldi. Shuningdek, fakultetda faoliyat olib borayotgan to’garak a’zolarining qo’l ishlari namunalari ko’rgazmada namoyish qilindi.