Turkiyalik olim Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan Özbekiston” kitobi taqdimoti ötkazildi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida "Maʼrifat" haftaligi doirasida Turkiyaning Sakarya universiteti professori, taniqli olim va adib, “Döstlik” ordeni sohibi Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan Özbekiston” (“Benim Tanıdığım Özbekistan”) kitobi taqdimoti bölib ötdi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari, universitet professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Taqdimotni universitet rektori Feruza Madrahimova kiriş sözi bilan oçib berib, mazkur asarning özbek va turk xalqlari örtasidagi azaliy döstlik, ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlaşdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
 
Qayd etilganidek, asarda Özbekistonning qadimiy va şonli tarixi, milliy-diniy qadriyatlari, xalqimizning fazilatlari, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar hamda mamlakatimizning içki va taşqi siyosatiga oid muallif mulohazalari bayon etilgan.

Taqdimotda Xorazm viloyati hokimi örinbosari Nigora Kutlimuratova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bölimi rahbari Bekzod Abdirimov  asarning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati va ikki xalq örtasidagi madaniy aloqalar xususida fikr bildirdilar. Taʼkidlanganidek, uşbu asar Özbekistondagi yangilaniş jarayonlariga xorijlik ziyoli nigohi bilan baho berilişi, mamlakatimizga bölgan samimiy munosabat va e’tirofning ifodalanişidir.