Urganch davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti Dasturiy injiniring kafedrasi professori Firnafas Yusupov tomonidan “Проектирование алгоритмов” nomli o‘quv qo‘llanmadan 10 ta nusxa Axborot-resurs markazi fondiga hadya qilindi.
Universitetda uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan faxriy ustoz Firnafas Yusupovning ushbu o‘quv qo‘llanmasi talaba-yoshlar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.