Axborot-resurs markazi fondiga yangi adabiyotlar topshirildi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Arxitektura kafedrasi professori M.Setmamatov tomonidan M.Setmamatov, Sh.Abdullayeva hammuallifligida chop etilgan “Yashil arxitektura va energiya tejamkorlik” nomli darslikdan 10 ta nusxa Axborot-resurs markazi fondiga hadya qilindi.

Shuningdek, Arxitektura kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Sh.Abdullayeva tomonidan “Massadagi Rim orderlari” hamda “Основы градостроительства и ландшафтного проектирования” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi.

Mazkur adabiyotlar talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda o‘quv jarayonini zamonaviy ilmiy-uslubiy manbalar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.