Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Geografiya kafedrasi v.b. professori A.Abdullayev tomonidan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanmasi hamda D.Ro‘zmetov, S.Matsaidova, A.Matchanova hammuallifligidagi “Xorazm geografiyasi” darsligidan 10 ta nusxa Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi.
Mazkur adabiyotlar talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari uchun bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishda muhim o‘quv-uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
