KUTUBXONAGA TASHRIF


2026-yil 5-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti tyutori M. Jumaniyozova boshchiligida Kimyo yo‘nalishi 261-guruh talabalari bilan Universitet Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalarga ARM 1-toifali kutubxonachisi K. Madraximova ishtirokida “Kitobxonlik — ma’naviy kamolot va ilm sari yo‘l” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Suhbat jarayonida kitobning inson hayotidagi o‘rni, kitob mutolaasining yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.