2026-yil 5-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti tyutori D. Otayeva boshchiligida Iqtisodiyot yo‘nalishi 265-guruh talabalari bilan Universitet Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalarga ARM direktori va kutubxona hodimlari D. Allaberganovalar ishtirokida “Kitob bilim manbayi” mavzusida davra suhbat tashkil etildi.
Suhbat jarayonida kitobning inson hayotidagi o‘rni, kitob mutolaasining yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

