Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari — dotsent H.Norimov tomonidan “Xorazm fitonimlari” nomli monografiya, dotsent Sh.Alimova tomonidan “O‘zbek toponimikasi” nomli o‘quv qo‘llanma, dotsent Sh.Aqmanova tomonidan “Til va mantiq” nomli o‘quv qo‘llanma universitet Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi.
Urganch davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti Dasturiy injiniring kafedrasi katta o‘qituvchilari — S.Xakimova tomonidan muallifligidagi “Программирование 1, 2” nomli darslikdan 10 ta nusxa, shuningdek, J.Yusupova tomonidan muallifligidagi “Dasturlash” nomli darslikdan 10 ta nusxa universitet Axborot-resurs markazi fondiga hadya qilindi.
Mazkur adabiyotlar talabalar, tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilarning o‘quv va ilmiy faoliyatida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
