Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Xorazm viloyat hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tashabbusi bilan viloyatimiz bo'ylab “35 yillikka – 35 kitob taqdimoti” o’tkazilmoqda.
Ushbu kitobxonlik bayrami doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti - "Eng kitobxon tashkilot" deb topildi va maxsus sovg’alar bilan taqdirlandi.
Kitobxonlikni keng targ'ib qilishda hamda ushbu e’tirofga sazovor bo’lishimizda universitet Axborot resurs markazi jamoasini mehnatlari katta, tabriklaymiz!