Axborot-resurs markazi fondidan yangi adabiyotlar joy oldi


Urganch davlat universitetida ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yuksaltirish maqsadida Axborot-resurs markazi fondi yangi o‘quv adabiyotlari bilan muntazam boyitib borilmoqda. Jumladan, bugun Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Biologiya kafedrasi dotsenti K.R.Yo‘ldashev tomonidan “Zoogeografiya fanidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli uslubiy qo‘llanmadan 10 dona, “Xorazm viloyatidagi kommunal va qishloq xo‘jalik korxonalari oqova suvlarida yuksak suv o‘simliklarini ko‘paytirish va suvni tozalash” nomli monografiyadan 10 ta nusxa Axborot-resurs markaziga hadya qilindi. Shuningdek, K.R.Yo‘ldashev, Z.R.Tajiyev, H.R.Yusupov, Ch.Z.Xo‘sinov hammuallifligidagi “Meva ekinlari biologiyasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli uslubiy qo‘llanmadan ham 10 tasi Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi. Bundan tashqari, Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b. O‘.K. Odamova tomonidan “Maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologik xizmat samaradorligini oshirishda artterapiyaning roli” nomli uslubiy qo‘llanmadan 5 dona, "Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat” nomli darslikdan 10 dona hamda S.D. Pirjonov bilan hammualliflikda nashr qilingan “Психологическая служба в образовательных учреждениях” nomli darslikdan 10 ta nusxa universitet Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi.