"O‘qituvchi qadri" kitobi Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markaziga taqdim etildi


O‘qituvchining qadri juda ulug‘ va beqiyos. U insonning hayotidagi eng muhim shaxslaridan biridir. Chunki o‘qituvchi nafaqat bilim beradi, balki shaxsiy rivojlanishda, axloqiy va ma’naviy yuksalishda ham katta o‘rin tutadi. O‘qituvchining qadri nafaqat u o‘rgatgan bilim bilan, balki uning insoniy fazilatlari, mehr-shafqati, sabri va fidoyiligi bilan o‘lchanadi. O‘qituvchi hamisha hurmatga loyiq bo‘lishi va jamiyat tomonidan qadrlanishi lozim. Bundan bir necha yillar avval hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va chinakam xalqparvarligi tufayli ta’lim tizimini isloh etish jarayonida o‘qituvchining qadri va nufuzini yuksaltirish, jamiyatdagi obro‘sini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilib, amaliy ishlar boshlandi. Zero, o‘qituvchilik dunyodagi eng mo‘tabar va sharafli kasbdir. Muallif ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchining qadr-qimmati, mavqeyi, obro‘si va hurmatini yuksaltirishga qaratilgan eʼtibor, yurtimizda ta’lim tizimidagi islohotlar hamda xorijiy tajribalar bo‘yicha fikrlarni keltirgan.