Axborot-resurs markazi fondi yangi adabiyotlar bilan boyitilmoqda


Bugun Filologiya va san’at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi D.K.Djumaniyazova tomonidan N.M. Xudayberganova hamda D.K. Djumaniyazova muallifligidagi “Современный Русский язык” nomli o‘quv qo‘llanmasidan 8 nusxa Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi. Shuningdek, mazkur kafedra katta o‘qituvchisi G.K. Kutlimuratova tomonidan “Русский язык” nomli o‘quv qo‘llanmasining 10 ta nusxasi markaz fondiga taqdim etildi. Bundan tashqari, Fizika-matematika fakulteti Algebra va matematik injinering kafedrasi o‘qituvchisi O.M. Matyoqubov tomonidan M.M. Matyoqubov va O.M. Matyoqubov muallifligidagi “Diskret matematika va matematik mantiq fanidan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanmasining 15 ta nusxasi Axborot-resurs markazi fondini boyitish maqsadida topshirildi.