Ayni damda Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi binosi oldida kitobsevarlar uchun yangi adabiyotlar yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yarmarkada badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblar, xorijiy va mahalliy nashrlar hamda talaba-yoshlar uchun foydali qo‘llanmalar taqdim etilmoqda.