Adabiyotlarni olish uchun ushbu manzilga murojat qiling va qidirish maydoniga kerakli adabiyotning nomini yozib qidirish tugmasini bosing, adabiyotning elektron nusxasini olishingiz mumkin. http://ibs.natlib.uz:8011/ manzilga kiring.
Endilikda Urganch davlat universiteti uchun Web of Science malumotlar bazasidan bepul foydalanish uchun dostup berdi. Xurmatli foydalanuvchi bu imkoniyatdan faqatgina Urganch davlat universiteti xududida foydalana olasiz.
Urganch Davlat Universiteti ARDI xalqaro ilmiy maqolalar to`plamidan BEPUL foydalanish imkoniyatiga ega bo`ldi. Har bir tadqiqotchi, talaba kerakli ilmiy maqolalarini yuklab olishi mumkin. ardi.wipo.int Login va Passwordni ARM dan olasiz
Urganch davlat universitetining axborot-resurs markazi nizomi va foydalanish qoidalari (yuklab olish)
Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuqarolilik, shaxsning erkin kamol topishi prinsiplariga asoslanadi.
ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari ro‘yxati, ular uchun to‘lanadigan haq mikdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
ARM asosiy vazifalari bu: Universal axborot resurslarini, milliy va chet el nashrlari (bosma, audiovizual, elektron nashrlar va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va berish.
FOYDALANUVCHILAR QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA: ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek mintaqaning AKMdan va boshqa kutubxonalardan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida etkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olish.
Umumiy kitob fondi
O'quv Adabiyotlari
Badiy adabiyotlar
Ilmiy adabiyotlar
Boshqa adabiyotlar
"Kitobxonlik madaniyatini oshirish" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 4-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakultetida “Kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekan o‘rinbosari N.Avezov, fakultet tyutorlari, shuningdek, Ilmiy-us ...
Admin 2025-11-04.
Fakultetlarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda
Bugun Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan UrDU Axborot-resurs markazi Ilmiy-uslubiyat bo‘limi mudiri M. Bakiyeva ishtirokida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari muhokamasi o‘tkazildi. Suhbat davomida tal ...
Admin 2025-10-28.
Bugun Axborot-resurs markazida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi
Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti talabalari bilan universitet Axborot-resurs markazida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida tadbir o'tkazildi.Tadbir davomida taniqli o'zbek shoiri, O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning she’rlari asosida mushoira ...
Admin 2025-10-28.
Bugun Axborot-resurs markazida "Axborot texnologiyalari – tezkor zamon talabi" mavzusida davra suxbati o'tkazildi.
Sport faoliyati pedagogika va psixologiya fakulteti tyutori N.Nuriddinova va 251 dzyudo guruhi talabalari bilan Universitet kutubxonasida "Axborot texnologiyalari – tezkor zamon talabi" mavzusida davra suxbati o'tkazildi. Tadbirda Universitet elektron axborot texnologiya ...
Admin 2025-10-27.
Bugun Axborot-resurs markazi binosida "Milliyligim – faxrim" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugun Xorijiy filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan "Milliyligim – faxrim" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Axboro ...
Admin 2025-10-24.
Bugun Texnika fakulteti talabalari o‘rtasida Axborot-resurs markazi xodimlari, fakultet tyutorlari hamda Yoshlar kengashi hamkorligida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
Bellashuv davomida talabalar o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazishdi, jamoaviy fikrlash hamda tezkor javob berish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. “Zakovat&rdqu ...
Admin 2025-10-23.