ARM haqida

Adabiyotga e`tibor - ma`naviyatga, kelajakka e`tibor I.A.Karimov

UMUMIY QOIDALAR

1.1. Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda ARM deb ataladi) Urganch davlat universiteti huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2006 yil 20 iyundagi qarori asosida tashkil etiladi.

1.2. ARM Urganch davlat universiteti rektoriga bo‘ysunadi.

1.3. ARM Urganch davlat universiteti tomonidan uning tarkibiy bo‘linmasi sifatida mablag‘ bilan ta’minlanadi.

1.4. ARM o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, ta’lim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, Urganch davlat universiteti ustaviga, rahbariyatning buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

1.5. ARM o‘z faoliyati bilan aholi barcha qatlamlarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanish huquqini ta’minlaydi.

1.6. Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadi.

1.7. ARMga umumiy rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

ARM asosiy vazifalari

2.1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish.
2.2. Milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish.
2.3. Axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq va ARM ma’lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari) asosida aholiga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatish.
2.4. Kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o‘qitish.
2.5. Kutubxona-axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirish.
2.6. Ta’lim muassasasi sohasiga va foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish, ma’lumotlar qidirish apparatini, ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni tashkil etish va yuritish.
2.7. Madaniy, ta’lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aksiyalarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotlarga ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish uchun ARMlar, axborot-kutubxona markazlari (AKMlar), kutubxonalar, ta’lim muassasalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatni muvofiqlashtirish va kooperatsiyalashni rivojlantirish.
2.8. Kutubxona xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, ARMni texnik jihozlash, kutubxona-axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish.

ARM asosiy funksiyalari

3.1. O‘quv zallarida, abonementlarda hamda yagona kitobxon bileti bo‘yicha kitoblar berishning boshqa punktlarida, yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish metodlarini qo‘llangan holda, foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi.
3.2. Urganch davlat universitetining kafedralarida, o‘quv markazlarida, laboratoriyalarida shakllantirilgan elektron axborot resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshiradi. Elektron kataloglashtirish bibliografik axborotni taqdim etish va uzatishning xalqaro formatlari (MARS formatlari) talablariga qatiy muvofiq holda olib boriladi. ARM foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida ma’lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo‘li bilan Urganch davlat universitetining axborot-resurslarini shakllantirishi mumkin.
3.3. Foydalanuvchilarni asosiy kutubxona-axborot xizmatlari bilan bepul ta’minlaydi: • kataloglar, kartotekalar tizimi va kutubxona axborotlari berishning boshqa shakllari orqali kutubxona fondi tarkibi to‘g‘risida to‘liq axborot beradi;
• matbaa asarlari va boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko‘rsatadi;
• kutubxona fondlaridan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beradi;
• boshqa ARM, AKM va kutubxonalardan kutubxonalararo abonement bo‘yicha hujjatlar oladi;
• Urganch davlat universitetining ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxatlari tuzadi;
• tematik, adresli va boshqa bibliografik ma’lumotlar beradi;
• bibliografik obzorlar o‘tkazadi;
• kitob ko‘rgazmalari tashkil qiladi;
• foydalanuvchilar, rahbariyat, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va aspirantlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda aniqlashtirib boradi.
3.4. Foydalanuvchilarga boshqa xizmatlar, shu jumladan ro‘yxati ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadigan pullik xizmatlar ko‘rsatadi. Kichik va o‘rta biznes korxonalariga, uyushmalar va boshqa tashkilotlarga shartnomalar bo‘yicha kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni tashkil qiladi. Kitobxonlarga kutubxonalararo abonement bo‘yicha, shu jumladan elektron pochtadan foydalangan holda xizmat ko‘rsatadi.
3.5. Axborotlarni qidirib topish, ularni mustaqil ta’lim olishda, o‘quv jarayonida va ilmiy ishlarda qo‘llanish, kutubxonaning ma’lumotnoma-bibliografik apparatiga, axborot tizimlariga va ma’lumotlar bazalariga tayanish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
3.6. Foydalanuvchilar uchun informatika, kutubxonashunoslik va bibliografiya asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qiladi.
3.7. Mintaqaning boshqa ARM, AKM va kutubxonalari bilan muvofiqlashtirgan holda aholining kitoblarga bo‘lgan talablari, shuningdek ta’lim kasb-hunar dasturlari, o‘kuv rejalari hamda ilmiy tadqiqotlar tematikalariga muvofiq fondni to‘ldirishni ta’minlaydi.
O‘quv, ilmiy, davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi nashrlarni sotib oladi.
3.8. Fondlarni to‘ldirish manbalarini mustaqil ravishda belgilaydi. ARM, AKM, kutubxonalar hamda respublikadagi boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar ayirboshlashni, shuningdek zaruriyatga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar ayirboshlashni amalga oshiradi.
3.9. Fondlarni to‘ldirish rejalariga tuzatishlar kiritish, ta’lim muassasalari uchun adabiyotlar chiqarishni rejalashtirish hamda foydalanuvchilarning va fondlar tarkibining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiqlashtirish maqsadida kitobxonlar talabi qondirilishi darajasini o‘rganadi. Barcha toifadagi foydalanuvchilarning o‘quv va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi. Ilg‘or axborot-kutubxona texnologiyasini, tadqiqot ishlari natijalarini joriy etadi. Kitobxonlar qiziqishlarini o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazadi.
3.10. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularning saqlanishini, saqlash rejimini, hujjatlar nusxasini olishni va mikrofilmga ko‘chirishni ta’minlaydi.
3.11. Hujjatlarni hisobdan chiqarishning Urganch davlat universiteti rahbariyati bilan kelishilgan tartibiga, amaldagi me’yoriy va huquqiy hujjatlarga muvofiq hujjatlarni kutubxona fondidan chiqaradi va sotadi.
Sohaga oid bo‘lmagan va ortiqcha, o‘xshash nusxa adabiyotlarni qayta taqsimlashni amalga oshiradi. Kitoblarni belgilangan tartibda aholiga sotishni tashkil qiladi.
3.12. Fondlarni ko‘p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an’anaviy va elektron manbalarda kataloglar va kartotekalar tizimini yuritadi.
3.13. Kitobxonlarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan respublika yig‘ma kataloglarni, shu jumladan elektron kataloglarni tuzishda qatnashadi.
3.14. Boshqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta’lim muassasalarining jamoat tashkilotlari, respublika AKMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi.
3.15. Kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlarning axborot bazalariga ega bo‘lgan boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dasturlariga, shuningdek muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi.

4.1. ARM quyidagi huquqlarga ega:
• Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq o‘z faoliyatining mazmunini va aniq shakllarini mustaqil ravishda belgilash;
• ARM tuzilmasini, shtat ro‘yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularni ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlash;
• markazga berilgan mablag‘larni tasarruf etish;
• yagona tarif setkasi asosida, mehnatga haq to‘lash fondi doirasida lavozim maoshlarini, lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni, xodimlarni mukofotlash tartibi va miqdorlarini belgilash;
• foydalanuvchilarga noyob va qimmatli nashrlarni berishda, shuningdek ARMdan foydalanish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda garov summasini belgilash;
• ARMdan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan ARMga etkazilgan zararni undirish turlari va miqdorlarini belgilash;
• yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida ARMning kutubxona fondidan foydalanish shartlarini belgilash;
• Urganch davlat universitetining ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari, ilmiy-tadqiqot ishlari tematikasi bilan tanishish. Uning tarkibiy bo‘linmalaridan ARM oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni olish;
• turli muassasalarda, tashkilotlarda Urganch davlat universiteti nomidan vakillik qilish, kutubxona va axborot-bibliografik faoliyat masalalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, yig‘ilishlar va seminarlar ishida bevosita qatnashish;
• boshqa ARMlar, kutubxonalar, tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;
• amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona birlashmalariga kirish;
• axborot-kutubxona ishini rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini amalga oshirishda tanlov yoki boshqa asosda qatnashish;
• xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari hamda boshqa muassasa va tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan zaruriyatga ko‘ra xalqaro kitoblar ayirboshlashni yuritish, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirish, xalqaro kutubxonachilik va boshqa dasturlarni amalga oshirishda qatnashish.
4.2. ARM fondlarning saqlanishi uchun javob beradi.
4.3. Urganch davlat universitetit ARM o‘zining vakolatiga taalluqli funksiyalarning bajarilmagani uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4.4. Kutubxona-axborot fondlariga zarar etkazilishida aybdor bo‘lgan ARM xodimlari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
4.5. ARM xodimlarining mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.

5.1. ARMga rahbarlik direktor tomonidan amalga oshiriladi, u Urganch davlat universiteti tomonidan, oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan va ixtisosi bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan mutaxassislardan, mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha tayinlanadi.
5.2. Direktor o‘z vakolati doirasida ishlarning natijalari uchun to‘liq javob beradi, barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi.
5.3. Kutubxona xodimlari shartnoma (kontrakt) tuzish yo‘li bilan ishga qabul qilinadi.
5.4. ARM huzurida maslahatlashuv organi sifatida, ishlarni boshqa ARM, AKM, kutubxonalar, Urganch davlat universitetining ilmiy va o‘quv bo‘linmalari bilan kelishish uchun kutubxona-axborot kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibi ARM direktori taqdimiga ko‘ra Urganch davlat universiteti rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Kitobxonlar kutubxona muassisi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan homiylar kengashlari yoki kitobxonlarning boshqa birlashmalari faoliyatida qatnashadilar.
5.5. ARM o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda xujjatlarni yuritadi hamda hisobotlarni, ish rejalarini va boshqa axborotlarni taqdim etadi.

TUZILMASI VA SHTATLARI

5.6. ARM tuzilmasi muayyan Urganch davlat universiteti uchun yakka tartibda ishlab chiqiladi va an’anaviy bo‘linmalar (abonementlar, o‘quv zallari va boshqalar)dan tashqari innovatsiya bo‘limlari, sektorlar, (avtomatlashtirish, marketing bo‘limlari va boshqalar)ni o‘z ichiga olishi mumkin.
5.7. ARMning boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xodimlari soni Urganch davlat universitetining ARM Namunaviy shtatlari asosida, ARM oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda hamda xizmat ko‘rsatiladigan aholi va Urganch davlat universiteti talabalari sonidan kelib chiqib, belgilangan tartibda shakllantiriladi.

MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATI

5.8. Urganch davlat universiteti rahbariyati ARMni moliyalashtiradi, ARMni amaldagi me’yorlarga muvofiq zarur xizmat va ishlab chiqarish xonalari, elektron-hisoblash hamda nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi va tashkiliy texnika bilan ta’minlaydi.
5.9. ARM ta’minoti uchun xarajatlar ta’lim muassasasining umumiy xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
5.10. ARM o‘zining subhisob raqamiga ega bo‘lishi mumkin, unga markaz tomonidan pullik qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish hisobiga jalb etiladigan mablag‘lar kiritiladi.

ARMNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH

6.1. ARMni qayta tashkil etish va tugatish (qo‘shish, ajratish, ayirish, birlashtirish, qayta o‘zgartirish) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaroriga ko‘ra, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
6.2. ARMni qayta tashkil etishda barcha hujjatlar (boshqaruv, moliya-xo‘jalik hujjatlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar va boshqalar), mol-mulk va fondlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

UMUMIY QOIDALAR

1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuqarolilik, shaxsning erkin kamol topishi prinsiplariga asoslanadi.
1.2 ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari ro‘yxati, ular uchun to‘lanadigan haq mikdori qonun hujjatlarida belgilanadi.

ARM asosiy vazifalari

2.1 Universal axborot resurslarini, milliy va chet el nashrlari (bosma, audiovizual, elektron nashrlar va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va berish.
2.2 Foydalanuvchilarga ARMda hamda mintaqaning axborot-kutubxona markazi (AKM)dagi hujjatlar va boshqa materiallarni olish imkoniyatini yaratish. FOYDALANUVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI:
2.3 ARMdan foydalanish huquqi mazkur ARM xizmat ko‘rsatadigan hududda yashaydigan, fuqaroligi, yoshi, ijtimoiy va boshqa jihatdan mansubligidan qat’i nazar, barcha aholiga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi. Ushbu huquq axborot resurslari bilan to‘ldirishning, axborotlarni, shu jumladan kutubxonalararo abonement tizimi orqali berish, shuningdek kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishning boshqa shakllari bilan ta’minlanadi.
FOYDALANUVCHILAR QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA:
ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek mintaqaning AKMdan va boshqa kutubxonalardan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida etkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olish;
bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;
ARM tomonidan o‘tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish.
ARMNING JAMOAT KENGASHIGA SAYLASH VA SAYLANISH
2.4. Foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni, zarur mikdordagi fotosuratlarini takdim etadilar hamda kitobxon biletini va ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar.
Boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik kitobxon biletini pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ko‘rsatgan holda oladilar.
Boshqa mamlakat fuqarolari biletni o‘z mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida oladilar.
2.5. Foydalanuvchilarga biryo‘la foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi.
Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.
2.6. ARM fondlarida zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda foydalanuvchilar ularga nusxalarini mintaqaning AKMdan olishi mumkin.
2.7. Foydalanuvchilar ARMdan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.
Foydalanuvchi hujjatlar va materialllarni olishda ularni ko‘zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to‘g‘rida ARM xodimiga ma’lum qilishi kerak.
2.8. ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.
2.9. ARM fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yo‘qotgan yoxud ularga tiklab bo‘lmaydigan darajada ziyon etkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan nushalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo‘lmagan takdirda ularning qiymatini bir necha baravar mikdorda to‘lashi shart. Qiymatining necha baravar mikdorda to‘lanishi ARM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan, yo‘qotilgan yoki yaroqsizlantirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqkan holda hamda amaldagi tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
2.10. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.

ARMNING FOYDALANUVCHILARGA XIZMAT KO‘RSATISH BO‘YICHA MAJBURIYATLARI

3.1 ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma’lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

ARM QUYIDAGILARGA MAJBUR:

• foydalanuvchilarni ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;
• foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va eng to‘liq qondirish;
• kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
• foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko‘rsatish;
• foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish;
• zarur axborotni qidirib topishga o‘qitishda mustaqillikni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
• fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo‘lmagan taqdirda ularni qidirib topish ishlarini amalga oshirish hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan halqaro abonement tizimi orqali takdim etish;
• Ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish;
• ARMning ijobiy nufuzini yaratishga ko‘maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning talablariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.

Copyright © 2013 by IRS Urgench state university

yuqori